Shomurodov Abraxamni tabriklab qo‘y!
“Roma”ning chempionatdagi so‘nggi o‘yinida Temmi Abraxam “Torino” darvozasiga bir juft gol urib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Turindagi dubl evaziga “Chelsi” tarbiyalanuvchisi A Seriyadagi gollari sonini 17 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkich yangi rekord sifatida qayd etildi va Abraham Italiya chempionatida bir mavsumda eng to‘p kiritgan angliyalik futbolchiga aylandi.
Bundan avvalgi rekord 1962 yilda qayd etilgan bo‘lib, “Inter”da o‘ynagan angliyalik futbolchi Jerri Xatchinson milanliklar uchun bir mavsumda 16 ta to‘p kiritgan edi. Bu rekord 60 yildan keyin Abraxam tomonidan yangilandi.
“Roma” kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar