“Siti” Semen'oga qancha maosh beradi?
Angliya Premier-ligasi gʻolibligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” chempionatning eng mohir toʻpurarlaridan biri Antuan Semenyoni oʻz safiga qoʻshib olishga juda yaqin turibdi.
“Bornmut” jamoasining qanot hujumchisi “Manchester Siti” rahbariyati bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Ganadan boʻlgan futbolchi besh yillik shartnoma asosida haftasiga taxminan 150 ming funt sterling (yiliga 7,2 million funt) maosh oladi. Shuningdek, shartnomada bonuslar ham koʻzda tutilgan.
Bu haqida The Guardian nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, “shaharliklar” Semenyo uchun kompensatsiya toʻlovi sifatida “Bornmut”ga 65 million funt sterlingdan sal kamroq summa toʻlaydi. Bu miqdorga sadoqat bonuslari va agentlik komissiyalari ham kiradi. “Manchester Siti” ushbu summani uch yil davomida boʻlib toʻlashni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Semenyo barcha musobaqalarda 18 ta oʻyinda qatnashib, toʻqqizta gol va uchta golli uzatma muallifi boʻldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, uning bozor qiymati 65 million yevroga teng.
Fikrlar