Soboslai: "Men Jerrard darajasida emasman"

  • 15.02.2026 21:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai uni Stiven Jerrard bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

"Men Stiven Jerrard darajasida mavsum o‘tkazayotganim yo‘q. U klub afsonasi edi, ammo men o‘z tariximni yozishga harakat qilyapman.

Har bir o‘yinda maksimal darajada harakat qilishga intilaman va umid qilamanki, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab, oxirigacha yetib boramiz", – dedi Soboslai.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda u Angliya Premier-ligasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!