"So‘g‘diyona"ning nazorat o‘yinida kuchlar teng keldi

  • 22.01.2024 20:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Kecha Antaliyada kuchli yomg‘ir tufayli "So‘g‘diyona" hamda Kosovoning "Malisheva" klublari o‘rtasidagi uchrashuv qoldirilgan. Bugun mazkur jamoalar ishtirokidagi o‘rtoqlik bellashuvi o‘tkazildi. 

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. "So‘g‘diyona" safida legioner o‘yinchi Lyupche Doriev raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, "Malisheva"dan Drilon Xazrollay gol muallifiga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!