Superliga. "So‘gdiyona" "Qo‘qon-1912" bilan "Do‘stlik"da, "Nasaf" esa "Dinamo" stadionida "Andijon" bilan kuch sinashadi

  • 25.03.2026 14:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Superliga 5-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" – "Qo‘qon-1912" uchrashuvi Toshkent viloyatidagi "Do‘stlik" stadionida bo‘lib o‘tadi. 
 
Xabaringiz bor, ayni damda Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmagan. Jamoa 5-turdagi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatidagi "Do‘stlik" o‘yinog‘hi bilan kelishuvga erishgan va bu borada Ligani xabardor qilgan. Shu tariqa, 5-turdagi "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi bahs aynan "Do‘stlik" stadionida o‘tkazilishiga kelishib olindi. Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 
 
Shuningdek, "Nasaf" jamoasi ham Superliga 5-turidagi "Andijon"ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun "Dinamo" stadioni bilan shartnoma imzolagan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!