“Top-100” shaxmatchilar reytingida Abdusattorov, Sindarov va Yakubboevning o‘rinlari ma’lum bo‘ldi

  • 02.12.2025 21:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) “Top-100” shaxmatchilar reytingini yangiladi. Dekabr oyiga ko‘ra, Magnus Karlsen 2840 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni esa Hikaru Nakamura (2810) va Fabiano Karuana (2795) egallagan.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2732 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda. Yaqinda FIDE Jahon kubogida g‘olib chiqqan Javohir Sindarovning hisobida 2726 ochko mavjud va u reytingda 22-o‘rinda turibdi. Nodirbek Yakubboev esa 2691 ochko bilan dunyoning eng kuchli 38-shaxmatchisi sifatida e’tirof etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!