"Tottenxem" Beylni ortga qaytarish huquqiga ega, ammo...

  • 29.05.2018 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Real" yarim himoyachisi Garet Beylni qayta sotib olish huquqiga ega. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ammo, yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “shporlar” 28 yoshli uelslik futbolchining yuqori maoshi va kattagina transfer narxi sabab uni ortga qaytarish fikrida emaslar.

Eslatib o‘tamiz, Beyl “Real” safiga 2013 yil “Tottenxem”dan naqd 101 mln evroga kelib qo‘shilgan edi. Ayni damda “qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirayotgan futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!