"Tottenxem"ga yana bir osiyolik futbolchi kelmoqda

  • 9 iyul, 2021, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Bolonya" himoyachisi Takexiro Tomiyasuni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Xabar qilinishicha, futbolchi allaqachon “shporlar” bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. 22 yoshli Yaponiya terma jamoasi a’zosi tez orada "Tottenxem" futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Tomiyasuga "Atalanta" ham da’vogarlik qilgan edi. Ammo endi aynan London klubi futbolchi uchun raqobatda favoritga aylangan.

Tomiyasu 2019 yildan buyon "Bolonya" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 31 o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Oldinroq "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessi ham "Tottenxem"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!