
Tuxel bu futbolchidan tezroq qutilmoqchi
“Chelsi” mutasaddilari bosh murabbiy Tomas Tuxel ishonchini qozana olmayotgan futbolchilardan birin-ketin qutiladigan bo‘ldi.
Birinchilardan bo‘lib, klubni yarim himoyachi Ross Barkli tark etishi kerak. Joriy mavsumda angliyalik yarim himoyachi atigi 238 daqiqa o‘ynab, o‘zining jamoaga kerakligini isbotlay olmadi.
“Chelsi” 27 yoshli futbolchidan tezroq qutilish maqsadida uni qishki transferlar vaqtida 14 million evroga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Manbalar Ross Barkli sobiq klubi “Everton”ga qaytishi mumkinligini aytmoqda. Bu jamoa tarkibida u 179 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 28 ta assistni amalga oshirgan.
Fikrlar