ECHL. "Galatasaray" o‘z uyida "Yuventus" darvozasiga 5 ta gol urdi
Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk bellashuvida "Galatasaray" o‘z maydonida Italiya ning "Yuventus" klubini qabul qildi va 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turkiyadagi bahsda dastlab mezbon jamoa hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 1 daqiqa o‘tib esa turinliklar hisobni tenglashtirishdi. Gollarga Gabriyel Sara hamda Ton Kopmeyners mualliflik qildi.
32-daqiqada Kopmeyners dublni rasmiylashtirib, hisobda jamoasini oldinga olib chiqqan edi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida "Galatasaray" futbolchisi hisoblangan Noa Lang yana hisobni tenglashtirdi. 60-daqiqaga kelib esa Davinson Sanches o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng 74-daqiqada Noa Lang (dubl), 86-daqiqada Sasha Boe gol lar urib, oradagi farqni 3 taga yetkazib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, javob bellashuvi 25 fevraldan 26 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Knockout Round Play-offs
Galatasaray
- Gabriel Sara 15'
- Noa Lang 49'
- Noa Lang 74'
- Sacha Boey 86'
- Davinson Sánchez 60'
17.02.2026 22:45
Yuventus
- Teun Koopmeiners 16'
- Teun Koopmeiners 32'
Fikrlar