“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar

  • 13 aprel, 2017, 21:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha soatlardan so‘ng Evropa ligasi chorak finali doirasidagi “Anderlext” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur bahsga oid eng sara faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar

>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar

>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar

1. “Anderlext” jamoasi “MYu”ga qarshi 6 bor to‘p surgan va shularning 3 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana shuncha bahsda belgiyaliklar zafar quchgan;

2. 1956/57 yilgi mavsumda “Anderlext” Manchesterda 0:10 hisobida mag‘lub bo‘lgan va bu Belgiya klubi tarixida evrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi;

3. Zlatan Ibragimovich 2013/14 yilgi mavsumda “PSJ” safida EChL doirasida “Anderlext”ga qarshi o‘yinda “poker”ga erishgan;

4. Anderlext tumanli albionda hech qachon g‘alaba qozona bilmagan – 15 o‘yinda 12 mag‘lubiyat va 3 durang;

>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

5. “Anderlext” evrokuboklar chorak finalida so‘nggi bor 1996/97 yilgi mavsumda to‘p surgan va o‘shanda UEFA kubogi chorak final bosqichda “Inter”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va turnirni tark etgan;

6. “MYu” shu kunga qadar xalqaro maydonda faqatgina Evropa ligasi(UEFA kubogi)ni qo‘lga kiritmagan;

>>“Bunyodkor” Eronda qanday o‘ynagan?

7. Eng qizig‘i “Yunayted” evrokuboklardagi o‘yinlar soni bo‘yicha “Anderlext”dan orqadadir: 336-388;

8. Biroq g‘alabalar borasida “mankunianlar” sezilarli ustunlikka ega: 178-173;

9. Bundan tashqari belgiyaliklar evrokuboklarda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoa sanaladi – 134 mag‘lubiyat;

10. Evrokuboklarda o‘tkazib yuborilgan gollar soni bo‘yicha esa “Anderlext” faqatgina “Real”ga bu borada imkoniyatni boy beradi – 503 ta o‘tkazib yuborilgan gol(“Real”da 549);

>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

11. “MYu” bosh murabbiyi Joze Mourino so‘nggi bor bu turnirda 2002/03 yilgi mavsumda ishtirok etgan. O‘shanda “Portu”da ishlagan Joze yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi;

12. Joze Mourino boshliq “Chelsi” EChL 2005/06 yilgi mavsum guruh bosqichida “Anderlext”ga qarshi bahs olib borgan va o‘shanda har ikkala o‘yinda “aristokratlar”ning qo‘li baland kelgan – safarda 2:0, uyda 1:0.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!