“Ayaks” – “Shalke-04” o‘yiniga oid faktlar

  • 13 aprel, 2017, 23:29
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqalardan so‘ng Evropa ligasi chorak finali doirasidagi “Ayaks” va “Shalke-04” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur bahsga oid eng sara faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

>>“Selta” – “Genk” o‘yiniga oid faktlar

>>“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar

>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar

1. Har ikkala jamoa UEFA kubogi/Evropa ligasini oldin qo‘lga kiritishga ulgurgan. “Ayaks” 1991/92 yilgi mavsumda, gelzenkirxenliklar esa 1996/97 yilgi mavsumda bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan;

2. “Shalke-04” hujumchisi Klaas-Yan Xuntelar 3 mavsum “Ayaks”da ham to‘p surgan va amsterdamliklar safida 100 ga yaqin gol kiritishga erishgan;

3. “Ayaks” so‘nggi bor Germaniya jamoalari bilan 2012/13 yilgi mavsum EChL doirasida “Borussiya Dortmund” bilan o‘ynagan;

>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar

4. O‘shanda amsterdamliklar o‘z uylarida dortmunliklarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Ammo “Ayaks” o‘z maydonida Germaniya klublari bilan o‘tgan 14 o‘yinning 12 tasida g‘alaba qozonganligini ta’kidlash joiz.

5. Umuman “Ayaks” nemis jamoalari bilan 32 marta o‘ynagan va jamoa bu o‘yinlarda 20 ta g‘alaba va 5 durangga erishgan bo‘lsa, qolgan 7 o‘yinda imkoniyatni boy bergan;

6. “Shalke-04” esa o‘z navbatida gollandiya jamoalari bilan 8 bor to‘qnash kelgan. Gelzenkirxenliklar bu o‘yinlarda 3 g‘alaba, 1 durangga erishgan. Shuningdek, 4 marta imkoniyatni boy bergan;

>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar

7. 2010 yildan e’tiboran UEFA kubogi turniri Evropa ligasiga aylantirilgan va “Ayaks” shundan buyon har mavsum muntazam ushbu musobaqada ishtirok etib keladi. Ammo jamoa bu davr ichida ilk bor chorak finalga chiqdi;

8. Umuman “Ayaks” so‘nggi bor UEFA tasarrufidagi musobaqalarda chorak finalda 2002/03 yilgi mavum EChLda o‘ynagan;

9. “Shalke-04” klubi esa 2011/12 yilgi mavsumda EL chorak finalida “Atletik”ka to‘qnash kelgan va ana shundan buyon jamoa ilk bor chorak finalga chiqdi;

>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

10. Har ikkala jamoa ham UEFA kubogida bir vaqtlar g‘olib chiqishgan. “Ayaks” 1996/97 yilgi mavsumda, “Shalke-04” esa 1991/92 yilgi mavsumda.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!