Transferlar uchun millionlarni sarf etgan 10 ta jamoa

  • 31 mart, 2017, 23:37
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugungi kunda aksariyat o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar tarkiblarini kuchaytirish uchun katta haridlarni amalga oshirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. Biz esa so‘nggi 6 yillikda(2010-yil yanvaridan e’tiboran) ushbu maqsadalrda eng ko‘p pul sarf etgan 10 ta jamoa bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz

“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

Ishsiz yurgan top murabbiylar

10. “Inter” – 524 mln evro

“Inter” uchun eng yaxshi transfer kompaniyasini Joze Mourino olib borgan edi. Bu hol 2009-yilning yoziga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “be’nazir” jamoaga Lusio, Sneyder, Milito va Eto`olar uchun bor-yo‘g‘i 67 mln evro sarf etgan etgan va EChLda zafar quchgan edi. Shundan so‘ng “nerdzurrilar” u qadar katta haridlarga berilishmadi. Faqat 2015-yilda Ranokkiyaning 18,5 mln evro evaziga hariq qilingani bundan mustasno. Shuningdek, Xandanovich, Guarin, Kovachich, Palasiu va Alvaro Pereyralar harid qilindi. Biroq, ular muhlislar kutgan o‘yinni ko‘rsata bilshmadi. Ushbu yozda esa Joau Mariu uchun jamoa 40, Gabriel uchun esa 29,5 mln evro sarf etdi.

>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar

9. “Roma” – 542 mln evro

Rim jamoasi ham transfer bozorida ancha faol ekanini kuzatish mumkin. Biroq ularning transfer siyosati ko‘p ham o‘zini oqlayvermaydi. “Bo‘rilar”ning eng qimmatbaho haridi bu Xuan Iturbedir. Klub uning uchun 24,5 mln evroni to‘lagan. O‘tgan yozda esa Salax, El Sharavi, Jeko va Gersonlar jamoaga olib kelindi va o‘zini “ko‘rsata boshladi”.

>>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari

8. “Yuventus” – 625 mln evro

“Yuve” ushbu summaning 100 “limon”ini 2011/12, 73 mln evroni keyingi transfer bozorida sarf etdi. Eng katta harid bu Gonsalo Iguaindir. “Keksa sinora” argentinalik hujumchini jamoaga olib kelish uchun 90 mln evrodan voz kechdi.

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

7. “Real” – 654 mln evro

Ko‘pchilik “Qirollik klubi”ning katta haridlariga o‘rganib qolgan edi. Biroq ushbu yozda Zidan bu kabi transferlarga ehtiyoj sezmadi. Beyl, Xamesning transferlari Madrid klubi uchun ancha qimmatga tushdi. Qolgan aksariyat kelishuvlarning narhlari esa 30 mlndan oshmaydi.

>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

6. “Liverpul” – 672 mln evro

Mamadu Sako uchun 58, Balotelli uchun 20, Markovich uchun 25, Benteke uchun esa 46,5 mln evro. Bu futbolchilar o‘zlari uchun sarf etilgan pullarni oqladi deyishga tilimiz bormaydi. Bu mavsum avvalida esa Klopp 40 mln evroga Maneni harid qilganini takidlash joiz.

>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

5. “Barselona” – 689 mln evro

Kataloniya jamoasining bunday katta “xirmoni”ning bosh sababchilari quyidagi 3 futbolchilardir: Ibragimovich(69,5 mln), Neymar(88,2 mln), Suares(81,72 mln evro).

>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…

4. “PSJ” – 765 mln evro

2011-yilga qadar Parij klubi transferlar uchun APLning eng “autsayder” jamoalaridanda kam pul sarf etar edi. Biroq jamoa boshqaruviga yangi odamlarning kelishi jamoani 180 darajaga o‘zgartirib yubordi. David Luiz uchun salkam 50, Pastoreni 42 mln evro evaziga sotib olgan “Park de Prens” egalari bu mavsum avvalida Unai Emeri boshchiligida 76,3 mln evro sarf etishdi. Shulardan deyarli 60 mlni Krixovyak va Xese uchun sarf etildi. Qizig‘i ushbu futbolchilarning har ikkisi ham asosiy tarkibdan joy ololmadiyu Qishda esa parijliklar Drakslerni sotib olishdi..

3. “Manchester Yunayted” – 853 mln evro

“Yunayted” transfer bozorini ushbu mavsum boshida “portlatib yubordi”. 105 mln evro evaziga Pogba harid qilindi va frantsiyalik iqtidor egasi eng qimmatbaho futbolchi sifatida barcha rekordlarni yangilab chiqdi. Bundan tashqari “qizil iblislar” Di Mariya, Marsiyal, De Xea va Van Persilar uchun ham ozmuncha pul to‘lamagan.

2.”Chelsi” – 883 mln evro

“Chelsi” ham har mavsum huddi “Real” singari katta haridlarni amalga oshirishiga o‘rganib qolganmiz. David Luiz,Torres, Azar, Kosta… Bu ro‘yhatni hali uzoq davom ettirishimiz mumkin.

1. “Manchester Siti” 1,075 mlrd evro

Ha, “shaharliklar” tomonidan so‘nggi 14 transfer bozorida amalga oshirilgan haridlarning umumiy qiymati milliard evrodan oshdi. Bu pullarnining aksariyati o‘zini oqlamagan transferlarga sarf etilganini alohida e’tirof etmasak bo‘lmaydi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!