Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...

  • 27 dekabr, 2023, 18:31
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston futbolining eng yorqin namoyondalaridan biri Odil Ahmedov Setanta Sports jurnalistlariga bergan intervyusida Rossiya Premer-ligasi vakili “Anji”da jahon futboli yulduzlari – Roberto Karlos va Samyuel Eto′O bilan birga o‘ynagan davrlarini esga oldi.

Ahmedov “Anji”da 2011-2014 yillari to‘p tepgan va Rossiya futbolidagi eng katta loyihalaridan birida ishtirok etgan.

large

—  2011 yilgi Osiyo kubogidan keyin uch-to‘rtta jo‘yali takliflar bo‘ldi. Ularning katta qismi Saudiya Arabistonidan. Oxirgi muzokaralardan biri shaxsan “An-Shabab” xo‘jayini bilan bo‘ldi. Bir necha soatdan keyin shayx yiliga 5 million evro taklif qildi. U erga borishdan otam qaytardi: “Hali Saudiyada o‘ynashga ulgurasan”, - dedi.

Men Evropada o‘ynashni juda xohlagandim. Agentlarga avval Rossiyada o‘ynasam yaxshi bo‘lishini aytdim. Moskvaning “Dinamo” klubidan taklif tushdi. Kiprdagi yig‘inga borishim uchun viza oldim. Ketishimga uch kun qolganida agentim “Anji” qiziqayotganini aytdi. Boshida rad javobini berdim.

Keyin i”Paxtakor” direktori Samvel Babayan Gadji Gadjiev bilan bog‘lab berdi. U klub rejalarini va Roberto Karlosni olishganini aytdi. Karlosning suratlari bolaligimda xonamda turardi. Shuning uchun ham “Anji”ni tanladim. Turkiyadagi yig‘inda jamoaga katta o‘yinchilar qo‘shildi. O‘shanda loyiha jiddiy ekanini tushundim.

—  “Anji”ning nimasi yuqori darajaga loyiq emasdi?

— Hammasi zo‘r edi, faqat administratorlardan tashqari. Misol uchun, mashg‘ulotdan keyin kir kiyimlarni maxsus savatga qo‘yardik, ular yuvilardi va qayta savatga solinardi. Biz o‘zimiz formamizni qidirardik. Keyin “bavariya”dan bir ma’murni olib kelishdi va u hammasini tartibga soldi. Mashg‘ulotga kelasan, hamma narsa taxt, nimadir so‘rasang darrov topib beradi.

— “Anji”da sizni nima ko‘proq hayratga soldi?

— “Anji” klubi prezidenti Suleyman Kerimov Roberto Karlosga o‘yinchoq “Bugatti” sovg‘a qilganida ichidan haqiqiysining kaliti chiqqan. Karlos – juda oddiy, samimiy inson. O‘zini tutishidan hech kim uni jahon futboli afsonasi, demaydi.  

— Igor Denisov “Anji”dagi qoratanli o‘yinchilar haqida turli gaplarni aytgan edi...

— Denisov —xarakteri bor futbolchi. Bir o‘yindan keyin Bussufa yoki Diarra bilan urishib qolgan. Jamoada shundan mojaro boshlandi. Keyinroq bosh murabbiy Gus Xiddink ketdi, klub rivojlanishning boshqa yo‘lini tanlagani va istaganlar ketishi mumkinligini aytishdi.

Xiddink obro‘li mutaxassis edi, lekin jamoada ko‘p narsani Samyuel Eto’O hal qilardi. U g‘alaba qozonish, gol urishni istardi va jamoa uchun ko‘p yaxshi ishlarni qilgan.  Masalan, futbolchilardan ma’murlar va klubning boshqa xodimlari uchun pul yig‘ib, ularni muokofotlar edi.

Shuningdek, Eto’O Madridning “Real”ida Roberto Karlos bilan bo‘lgan eski kelishmovchilik tufayli uni jamoadan olib tashladi. Braziliyalik futbolchining ketishi jamoa foydasiga ishladi. O‘shanda Karlosning yoshi qirqqa borib qolganida va avaalgidek o‘ynolmasdi.

large (1)

— 2022 yili “Anji” klubi “o‘ldi”. Bu haqda eshitganingizda nimalarni his qildingiz?

— O, buni bilmasdim. Shunday tarixga ega klub yo‘q bo‘lib ketgani achinarli. Dog‘istonda Rossiya Premer-ligasida o‘ynaydigan klub bo‘lishi kerak.

Shomurodov mavqeini boy berdi, terma jamoamiz esa...

Husanovning “Lans”dagi debyut mavsumi qanday baholandi?

“Spartak”ga O‘zbekistondan futbolchi olishni aytishdi!

Fayzullaevning boshqalardan ustun tomoni aytildi

Arablar Shomurodovga e’tibor qaratdi...

Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!