Shomurodov mavqeini boy berdi, terma jamoamiz esa...

  • 26 dekabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol transferlariga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy terma jamoalari hamda tarkibdagi eng qimmat o‘yinchilarning transfer narxlarini e’lon qildi.

Tecno

Uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi nomini o‘zida saqlab kelgan Eldor Shomurodov “Kalyari” safida muvaffaqiyatsiz o‘tayotgan mavsumda transfer qiymati pasayishda davom etmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Italiyadagi legionerimizning narxi bir million evroga arzonlaganini va dekabr holatiga ko‘ra, 5 million evroni tashkil qilayotganini qayd etgandi.

5d449fd1f0b231aaa3b9cb67da985f16

 Rossiyadagi faoliyatidan keyin Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tgan qozog‘istonlik etnik o‘zbek Baxtiyor Zaynutdinov Markaziy Osiyoning eng qimmat o‘yinchisi bo‘lib turibdi. “Beshiktosh” vakilining narxi ham yangilangan reytingda besh ming evroga pasaygan, lekin shunda ham 6 million evrodan quyiga tushgani yo‘q.

Markaziy Osiyoning eng qimmat darvozaboni tojikistonlik Rustam Yatimov bo‘lib turibdi. Narxi 900 ming evroga ko‘tarilgan Rustam Osiyo Chempionlar ligasida Krishtianu Ronalduning asabini buzganidan keyin ancha tanildi.

“Istiqlol” posbonidan keyingi ikki o‘rinni o‘zbekistonlik darvozabonlar – 700 ming evroga baholanayotgan Abduvohid Ne’matov va O‘tkir Yusupov egallab turibdi.

Garchi futbolchilarimiz va darvozabonlarimiz mintaqada yuqori mavqeini boy bergan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyoda eng qimmat baholandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari va ular tarkibidagi eng qimmat uch futbolchi narxlari bilan tanishing:

O‘zbekiston milliy terma jamoasi – 32,55 million evro

FIFA reytingida: 68-o‘rin

  1. Eldor Shomurodov, markaziy hujumchi, 28 yosh, 5 million evro

 

  1. Abbosbek Fayzullaev, hujumkor futbolchi, 20 yosh, 4 million evro

 

  1. Aziz G‘aniev, markaziy yarim himoyachi, 25 yosh, 3 million evro

Qozog‘iston milliy terma jamoasi – 21,63 million evro

FIFA reytingi: 100-o‘rin

 

  1. Baxtiyor Zaynutdinov, chap qanot vingeri, 25 yosh, 6 million evro.

 

  1. Nurali Alip, markaziy himoyachi, 24 yosh, 3 million evro.

 

  1. Aleksandr Zuev, chap qanot vingeri, 27 yosh, 900 ming evro.

 

Tojikiston milliy terma jamoasi – 7 million evro

FIFA reyting: 106-o‘rin

 

  1. Rustam Yatimov, darvozabon, 25 yosh, 900 ming evro.

 

  1. Alisher Jalilov, hujumkor futbolchi, 30 yosh, 700 ming evro.

 

  1. Zoir Jo‘raboev, markaziy himoyachi, 25 yosh, 600 ming evro.

 

Qirg‘iziston milliy terma jamoasi – 5,90 million evro.

FIFA reytingi: 98-o‘rin.

 

  1. Guljigit Aliqulov, chap qanot vingeri, 23 yosh, 550 ming evro.

 

  1. Alimardon Shukurov, hujumkor futbolchi, 24 yosh, 450 ming evro.

 

  1. Tamirlan Qo‘ziboev, markaziy yarim himoyachi, 24 yosh, 400 ming evro.

 

Turkmaniston terma jamoasi – 3,30 million evro. 

FIFA reytingi: 141-o‘rin.

 

  1. Ruslan Mingazov, chap qanot vingeri, 32 yosh, 550 ming evro.

 

  1. Teymur Garuev, tayanch yarim himoyachi, 23 yosh, 250 ming evro.

 

  1. Arslanmurad Amanov, o‘ng qanot vingeri, 33 yosh, 200 ming evro.

spianclwqpthfgdgibma

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda 12 yanvar kuni Qatarda boshlanadigan Osiyo kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Husanovning “Lans”dagi debyut mavsumi qanday baholandi?

“Spartak”ga O‘zbekistondan futbolchi olishni aytishdi!

Fayzullaevning boshqalardan ustun tomoni aytildi

Arablar Shomurodovga e’tibor qaratdi...

Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дилшодбек Абдуллаев
26/12/2023 11:00
Шомуродов улган. Маврунио уни адашиб олган эди. Лекин буни Мавруниодан бошка хеч ким тан олмаяпти. Кайтсин евродан Миллий чемпионатда уйнасин