Fayzullaevdan boshqasi buni uddalay olmaydi!

  • 25 dekabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya Premer-ligasida qishki tanaffus e’lon qilingan. Futbol ekspertlari chempionatning birinchi qismini tahlil qilish bilan band.

Yozgi transferlar vaqtida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev Premer-liganing asosiy kashfiyoti sifatida muxlisu mutaxassislar jiqqat markazida turibdi. Rossiyalik ekspertlar o‘zbek futbolchisi haqida ko‘p fikr bildiryapti.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik ekspertlarning Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikrlarini havola qilishda davom etadi.

455ae46f5f7a5a8e5cf8630317ae4128653ea9ded8d33757155178

Vladimir Ponomaryov, TsSKAning sobiq futbolchisi:

TsSKA musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘ringa tushib qolganidan hayratdaman. To‘g‘ri, yuqoridagi jamoalar bilan ochkolar o‘rtasidagi farq katta emas, lekin ishlanishi kerak bo‘lgan jihatlar borligi bilinib tupibdi.

Menga “armiyachilar”ning jismoniy tayyorgarligi yoqmayapii. Ko‘pincha ikkinchi bo‘limda muammolar yuzaga kelmoqda. Demak, tayyorgarlikda jiddiy kamchiliklar bor.

Jamoaning hujum chizig‘ini zo‘r, deb bo‘lmaydi. Fyodor Chalov va Anton Zabolotniy yaxshi o‘yinchi, lekin jamoaning bir juft tezkor hujumchiga ehtiyoji bor. Ular raqib himoya chizig‘iga bosim o‘tkazishi kerak. Har doim pozitsion hujum bilan o‘ynash ham yaxshi emas.

TsSKAda Abbosbek Fayzullaev juda yaxshi boshladi. U haqiqiy topilma. TsSKAda Fayzullaevdan boshqasi to‘p bilan yugura olmaydi, tezlikda driblingini qo‘llay olmaydi. Faqat pas orqali o‘ynaydi. Qanotdan hujum uyushtirilganda raqibni aldab o‘tishganini ko‘rmadim. Agar maydonda telegraf ustuni turgan bo‘lsa ham, TsSKA o‘yinchilar undan pas orqali o‘tadi.

Gennadiy Kostilev, TsSKA sobiq futbolchisi:

“Armiyachilar” ishtiyoq bilan o‘ynaganida muvaffaqiyatli davr ham bo‘ldi. Keyin pasayish boshlandi. Barqarorlik etishmadi. Bu holatda yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi.

TsSKAda kutilayotgan daraja o‘yin ko‘rsata olmayotgan o‘yinchilar bor. Bunaqalarini legionerlar orasida ham, mahalliy futbolchilardan ham topish mumkin. Mening fikrimcha, TsSKAda faqat Igor Akinfeev jiddiy saviyada o‘ynayapti. Qolganlari ham yomon futbolchi emas, lekin muntazam yuqori darajada o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q.

Ko‘pchilik tomonidan mavsum kashfiyoti sifatida e’tirof etilayotgan Abbosbek Fayzullaev haqiqatan aqlli futbolchi, o‘zida bir necha sifatlarni uyg‘unlashtirgan. Lekin yakkama-yakka kurashlarga ozgina kuchi etmayapti.

O‘zbek legionerining harakatlari asosan hujumga qaratilgan. Bu esa, kimdir uning o‘rniga himoyada ter to‘kishi kerakligini bildiradi. Shunday qilsama, muammo kelib chiqishi mumkin.

Abbosda futbolchi sifatida did yaxshi rivojlangan, har doim original tarzda pas berishga intiladi. Fayzullaev tipidagi futbolchilar har doim katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Hatto katta-katta klublarda ham shunday bo‘ladi.

e4abbbee433032a416f62032804762e365622831cd6cf592137055

Ta’kidlash joiz, Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida hozirgacha 18 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Ayni paytda 20 yoshli hujumkor futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan Osiyo chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Arablar Shomurodovga e’tibor qaratdi...

Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!