"Liverpul" hujumchisi APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Aston Villa" klubi "Liverpul" hujumchisi Divok Origini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, birmingemliklar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchi qidirmoqda. 25 yoshli belgiyalik futbolchiga esa asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.
O‘z navbatida, Origi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va Belgiya terma jamoasi safiga kirish uchun boshqa klubga o‘tishga rozi.
Yakunlangan mavsum Origi “Liverpul” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar