
Noxush xabar. Oston O‘runov jarohat oldi
Ayni paytda Rossiya Premer-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Ural" - "Ufa" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Hozircha, bahsda hisob ochilmadi.
Mehmonlar safida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov o‘yinning 38-daqiqasida jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Biroq oradan bir necha daqiqa o‘tib, bosh murabbiy uning o‘rniga Vyacheslav Krotovni maydonga tushirdi. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanligi haqida hali ma’lumot berilmadi.
Quyida ushbu o‘yinni matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin:
https://sports.uz/news/view/rpl-ural---ufa-matnli-translyatsiya-07-03-2021
Fikrlar