
Zidan "Sevilya"ga qarshi o‘yin oldidan Azar, Ramos va o‘z kelajagi haqida gapirdi
Ispaniya La Ligasi 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvni amaldagi chempion "Real" o‘z maydonida o‘tkazadi. Medallar uchun kurash olib borayotgan "Sevilya"ga qarshi o‘yin madridliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qarama-qarshilik oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zinedin Zidan ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Azar? U qilgan ishi uchun uzr so‘radi, hech qachon xatti-harakatlari bilan hech kimni xafa qilishni niyat qilmagan. Eden yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda muhim rol o‘ynashga tayyor. Gap shundaki, u maydonda o‘z mahoratini ko‘rsata olmadi. Hozir uning uchun qiyin damlar o‘tmoqda, ammo men unga ishonaman.
Ramos "Chelsi" ga qarshi bahsga 100% tayyor edi, ammo o‘yindan keyin u o‘zini noqulay his qildi. Jarohatlar hammasini barbod qildi, umid qilamanki, keyingi mavsumda mening futbolchilarim boshqacha holatda bo‘ladi. Ular juda ko‘p azob chekishdi.
Mening kelajagim? Hozircha aqlli gaplar bilan vaziyatdan chiqmoqchi emasman. Mavsum oxirida klubga to‘g‘ridan-to‘g‘ri niyatim to‘g‘risida xabar beraman. Ommaviy axborot vositalarini tanqid qilish? Yo‘q, yaxshi, bu sizning ishingiz. Men jamoamga do‘st bo‘lishim kerak va yutganimizda ham, yutqazganimizda ham men javobgarman. Mening kelajagim haqida faqat men bilaman, mavsum oxirida klubga bu haqda xabar beraman. Bu klub menga hamma narsani berdi".
"Sevilya"ga qarshi muhim o‘yin oldidan "Real"da 2 ta jiddiy yo‘qotish (qaydnoma)
Fikrlar