
"Barsa"ning yana bir sobiq yulduzi ortga qaytishga yaqin turibdi
"Barselona" klubi sobiq sardori Karles Puyol jamoa rahbariyatiga qaytishi mumkin.
Uni Kataloniyaga olib kelishni shaxsan yangi bosh murabbiy Xavi talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis bu borada Joan Laportaga murojaat qilgan. Puyol ham sobiq jamoasida ishlashni xohlaydi. Biroq u o‘zini mas’ul lavozimda ko‘rmayapti va bu qarorga ta’sir qilishi mumkin.
"Ko‘k-anorranglilar" sobiq sardori Ramon Planesning ketishi tufayli texnik kotib lavozimi ham bo‘shaydi. Karles bu o‘rinni egallashi kutilmoqda.
Avvalroq, Xavi yana bir sobiq "Barselona" a’zosi Tyago Alkantarani ham ortga qaytarmoqchiligi xabar berilgandi.
Fikrlar