
Joze Mourino Konferentsiyalar ligasidagi o‘yindan so‘ng jamoasi haqida gapirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 5-turida "Zarya"ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:0) jamoasining o‘yinidan mamnun bo‘ldi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar berdi.
- "Roma" bu o‘yinda g‘alaba qozonish va Konferentsiyalar ligasida o‘ynashda davom etish uchun mas’uliyatni his qildi. “Zarya” yuqori saviyadagi jamoa emas. "Roma" 6-7 gol urishi mumkin edi. Bir qancha futbolchilarimiz bugun ajoyib individual mahoratini namoyish etishdi. Pley-offga chiqqanimizdan xursandmiz. Mening jamoam nafaqat yaxshi futbolchilardan, balki yaxshi odamlardan ham iborat. Biz taktika va strategiya haqida bahslashishimiz mumkin, biroq men ulardan hech qachon hafa bo‘lmayman. Bizda har doim bir jamoa bo‘lib o‘ynaymiz, - dedi Mourino.
"Roma" - "Zarya" uchrashuvida rimliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Fikrlar