Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashevga: "Qaytish niyating bo‘lsa men kutaman", Ergashev ham unga javob berdi...

  • 26.01.2022 19:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Shohjahon Ergashev o‘z faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edik. Bunga Shahram G‘iyosov ham munosabat bildirdi.

"Tugallanmagan jangimiz bor edi sen bilan o‘rtoq lekin sport faoliyatingni yakunlabsan… Omad tilayman senga, agar qaytish niyati bo‘lib qolsa men kutaman,"- deb post qoldirgan G‘iyosov.

"Men ham seni uchratganimdan hursandman. Sening sportdagi faoliyatingni hurmat qilaman. Sen juda kuchli bokschisan. Albatta man ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski men boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar u manga ruxsat bersa sen bilan jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Man ham san bilan hisobni yopib boksni tamomlashni istar edim. Sening ham kelgusi ishlaringga omad", - deb Shohjahon Ergashev unga javob postini qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki bokschi o‘zaro bir marotaba 2012 yil havaskor boksda to‘qnash kelgan va unda Shohjahon Ergashev g‘alaba qozongan edi.

image_2022-01-26_20-07-08

image_2022-01-26_20-07-33

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
26/01/2022 20:22
Эх йигитлар! Спаринг туша колинглар, лекин асло бир-бирингиз билан тушманг! Икковингиз хам чемпионлик камарини уртага куйсангиз, майлин. Икковингизга хам омад