Mbappe qarorini o‘zgartirmaydi

  • 16 fevral, 2024, 17:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJning yangi shartnomasini qabul qilmasligini aytdi. 

Kecha hujumchi PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiga yozda jamoani tark etish qarori haqida ma’lum qildi. 

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Mbappe PSJ rahbariyatiga o‘z fikridan qaytmasligini aytgan. Shu sabab yaqin oylarda Mbappe va PSJ uning mavsum yakunida jamoani tark etishi bo‘yicha qo‘shma rasmiy bayonot beradi. 

25 yoshli forvard joriy mavsum PSJ safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!