
"Omadli taqvim". Beshinchi son (matnli+videotranslyatsiya)
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 5-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
17:22 Shuning bilan beshinchi sonimiz o‘z nihoyasiga etdi! Kelgusi hafta ko‘rishguncha salomat bo‘ling
17:19 Yaqin fursat ichida hodimlarimiz ular bilan bog‘lanishadi
17:14 Mazkur uch nafar g‘olibimiz Redmi rusumidagi smartfonini pul ko‘rinishida qabul qilib olishadi
17:13 Bugungi sonimizda g‘olib bo‘lgan uch ishtirokchi Qashqadaryo va Samarqand viloyatida istiqomat qilar ekanlar
17:12 Oltinchi raqam - 21! Olti raqamning 5 tasini to‘g‘ri topgan ishtirochilar soni 3 tani tashkil etmoqda
17:11 Beshinchi raqam - 11! Generator aniqlab bergan 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni hozircha afsuski, topilmadi
17:10 To‘rtinchi raqam - 19. Yuqorida aniqlab olingan to‘rtta raqamni to‘g‘ri topganlar soni 5 tani tashkil etmoqda
17:09 Uchinchi raqam - 25
17:08 Uchinchi raqam ham 24 ni tashkil qilmoqda, ammo mazkur sonda ushbu raqam o‘ynalgani uchun, onlayn generatorga murojaat qilamiz
17:07 Ikkinchi raqam - 18. 3504 nafar ishtirokchi 24 va 18 sonini to‘g‘ri topa bilgan
17:06 Demak, bizda birinchi raqam - 24. Mazkur raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 35 535 tani tashkil etadi
17:04 Diqqat qiling, raqamlarni aniqlashni boshlaymiz. Bunda bizga odatga ko‘ra, tasodifiy raqamlar generatori yordam beradi
17:02 O‘tgan sonda g‘olib bo‘lgan 4 nafar ishtirokchi - Xorazm, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi mushtariylarimiz sanalishadi
17:01 Ayni daqiqalarda boshlovchi - Bekzod Isaev jonli video efir orqali ishtirokchilarga yana bir bor umumiy qoidalarni eslatib o‘tmoqda
17:00 Demak, biz boshladik! SMS orqali yuborgan raqamlaringizni yana bir bor tekshirib olishingiz kerak bo‘ladi
16:57 Generator tanlagan 6 raqamning 5 tasini to‘g‘ri topa bilgan ishtirokchiga Redmi 6A smartfoni topshiriladi. Agarda bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiq bo‘lsa, mazkur smartfonning qiymati pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi
16:55 Bugungi sonimizda raqamlar generatori tanlagan 6 raqamning barchasini topa bilgan ishtirokchimiz iPhone X, noutbuk, televizor va gaz plitasini qo‘lga kiritadi
16:50 Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar! Birozdan "Omadli taqvim" sovrinli o‘yinining navbatdagi soni boshlanadi
O‘yinimiz shartlariga ko‘ra, bizga ishtirokchilar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, yuborishlari kerak bo‘ladi.
Bugun "Omadli taqvim" sovrinli o‘yini odatdagidek kunning ikkinchi qismida, aniqorg‘i 17:00 da efirga chiqadi. Jonli efirni saytimizning YouTube, Facebook va Instagram sahifalari orqali kuzatib borish imkoniga egasiz. Bundan tashqari, saytimizda onlayn matnli translyatsiya ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ps: O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.
Fikrlar