
Super kubok "Metallurg W"ga ketdi (foto)
Bugun poytaxtimizning "JAR" sport-sog‘lomlashtirish majmuida ayollar futboli bo‘yicha liderlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Bekobodning "Metallurg W" hamda Toshkentning "Bunyodkor W" jamoalari super kubokka ega bo‘lish uchun maydonga tushdi.
Qizg‘in va shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda bekobodliklarning qo‘li baland keldi. "Metallurg W" - "Bunyodkor W" 2-1
Fikrlar