“Oltin mergan” xalqaro turniri davom etmoqda

CHERY AUTO

Qozog‘istonda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha “Oltin mergan” xalqaro turniri davom etmoqda. Dastlabki kun ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan o‘q otish mashqlarida mahoratlarini ishga solishdi. E’tiborlisi, 30 ga yaqin merganlar o‘rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Vadim Skorovarov eng yaxshi natijani qayd etdi. Saidxon Sayfuddinovning natijasi esa beshinchi o‘ringa munosib topilgan.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 31 nafar ishtirokchi final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, natijalarga ko‘ra yana o‘zbekistonlik sportchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Terma jamoamiz etakchisi Sakina Mamedova birinchi natijani, yosh sportchimiz Zaynab Pardaboeva uchinchi natijani qayd etishgan.

Xalqaro turnir davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!