
Škoda va qorabayir ot yoxud Bahodir Jalolov Surxondaryo viloyatida qanday kutib olindi? (fotogalereya)
Bugun 19 avgust kuni Osiyo, jahon, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Termiz shahridagi aeroportda kutib olindi. Tantanali tarzda tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, viloyat va tuman, shaharlardan tashrif buyurgan sport ixlosmandlari, faol yoshlar, nuroniylar ishtirok etdi. Tadbirda Bahodir Jalolovga viloyat hokimi tomonidan Škoda Kodiaq avtomobili topshirildi.
Shundan so‘ng, sportchimiz o‘zining uyi tomon yo‘l oldi. Olimpiadachimizni Sariosiyo tumanida tuman hokimi, faol yoshlar, tumanimizda hamda qo‘shni tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari munosib tarzda qarshi olindi.
Chempionga tuman hokimi Abdisalom Xo‘jaqulov tomonidan to‘n kiydirilib, qorabayir oti sovg‘a qilindi.



















Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati
Fikrlar