“Liverpul” – “Manchester Yunayted”. Tarix va qiziqarli faktlar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bu ikki jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarning bu qadar keskin o‘tishi shaharlar miqyosidagi qarama-qarshilik sabab qilib keltiriladi. XIX asrda Manchester shahri o‘zining korhonalari bilan, Liverpul shahri esa porti bilan mashxur edi va shular sabab shahar aholisi kun kechirar edi. Bu ikki shahar bir-biridan 35 mil uzoqlikda bo‘lib, ular Angliyaning shimoli-g‘arbida hukmronlik qilish uchun kurash olib borar edilar. 1894 yil Manchesterda kema va qayiqlar harakatlanishi uchun kanal qurilgach, Liverpul portlarining ahamiyati yo‘qoldi. Bu kanal tufayli kemalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Manchesterga yo‘l oladigan bo‘ldi. Shu sababdirkim liverpullik ko‘p insonlar ishsiz qoladi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz “Manchester Siti” logosida kema tasviri mavjud.

***

Bu jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 1895 yil “Enfild”da bo‘lib o‘tadi va unda mezbonlar 7-0 hisobida “Nyuton Xit”(“Yunayted”ning eski nomi) tor-mor etadi. Javob bellashuvida esa 5-2 hisobida manchesterlik futbolchilar “revansh” olishadi.

***

Ikkinchi Jahon Urushidan so‘ng “Yunayted” “Liverpul”ni ikki mavsum “Manchester Siti”ning uy maydonida qabul qiladi.

***

122 yillik mazkur derbi tarixida faqat 9 futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu derbidagi bir klubdan boshqa klubga o‘tganlar. Bunday holatlarning birinchisi 1912 yil kuzatilgan bo‘lib, Tom Chorlton “Liverpul”ni “MYu”ga almashtirgan. So‘nggi bor esa 1964 yil Fil Chisnell 25 ming funt evaziga “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan.

***

Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar muhlislar mats holatda stadionga kelmasliklari uchun asosan tushlik payti o‘tkaziladi. Qolaversa, o‘yindan ko‘proq daromad olish uchun ham.

***

Rayan Giggs faoliyatidagi 963 ta o‘yinning 48 tasi “Liverpul”ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keladi va u mazkur derbida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi.

***

Stiven Jerrard, Jorj Uoll va Sendi Ternbullar mazkur derbida 9 bor zafar quchganlar va ular “Yunaetde” – “Liverpul” qarama-qarshiligida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilardir.

***

“Enfild”da kechadigan “MYu”ga qarshi o‘yinlarda muhlislarning futbolchilar maydonga chiqib keladigan tunnelga yaqinlashishi ta`qiqalanadi. Bunga 90 yillarnimg ohirida “Liverpul” muhlislari Aleks Fergyusonning yuziga tuxum otishgani sabab bo‘ladi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!