
17 yoshli "yulduzcha" vatanida kerak bo‘lib qoldi
“Chelsi” rahbariyati yozda “Borussiya” bilan shartnoma imzolagan Jud Bellingemni qishki transferlar mavsumida Angliyaga qaytarmoqchi.
17 yoshli futbolchi dortmundliklar safiga 25 million funt evaziga “Birmingem”dan transfer qilingandi. Londonliklar “Borussiya”ga bundan ko‘p pul taklif qilishga tayyor.
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempardga Bellingemning universalligi ma’qul kelmoqda. U yarim himoyaning tayanch zonasidan tashqari, hujumchi ortida ham o‘ynay oladi. Jud hali yoshligini inobatga olib, u bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish rejalashtirilmoqda.
Bellingem Angliya terma jamoasiga nomzod futbolchilar qatoriga kiritilgan.
Fikrlar