
“Devis kubogi”: O‘zbekiston – Serbiya uchrashuviga qur’a tashlandi
2 fevral kuni S.Fayziev va Nikola Miloevich bilan raqobatlashsa, D.Istomin esa Viktor Troitskini sinovdan o‘tkazadi. Kuning ikkinchi yarmida D.Istomin va Dushan Layovich, S.Fayziev va Filip Krayinovich uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Xabaringiz bor ertaga “Devis kubogi”ning pley-off bahsi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi jahon ligasiga chiqish uchun Serbiya terma jamoasiga qarshi kortga chiqadi.
Bugun mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijasiga ko‘ra, musobaqaning dastlabki kunida Sanjar Fayziev va Dushan Layovich, Denis Istomin va Filip Krayinovich, o‘zaro bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, tennischilar holatiga qarab, uchrashuv oldidan boshqa tennischiga almashtirilishi mumkin.
Fikrlar