Mariya Sharapova birinchi qaysi turnirda qatnashishini e’lon qildi
Doping mojarosi tufayli katta tennisdan chetlatilgan rossiyalik mohir tennischi Mariya Sharapova diskvalifikatsiya muddati tugagan kunidan boshlab qaysi turnirda qatnashishi tennis muxlislarini qiziqtirib kelayotgan edi.
Mashhur tennischi shu yilning 26 aprel kuni kortga qaytadigan bo‘ldi. Mariya Shtutgartdagi turnirning asosiy to‘rida o‘ynashini ma’lum qildi. Aslida Shtutgart turnirning asosiy to‘r bahslari 24 apreldan boshlanadi. Bu bosqich o‘yinlari uch kun davom etadi va Mariya so‘nggi kungi bellashuvlarda qatnashishga ulguradi.
- Uzoq muddatdan so‘ng tennisga qaytib, o‘zing eng yaxshi ko‘rgan turnirlardan birida kortga chiqish juda maroqli bo‘ladi, - dedi Shtutgart turnirida uch marta g‘olib chiqqan Mariya Sharapova.

Mariya Sharapova o‘tgan yilgi Avstraliya ochiq chempionatidan buyon rasmiy uchrashuvlarda qatnashmayapti.

Fikrlar