Viktoriya Azarenko Kaliforniyada o‘ynamoqchi
Kaliforniya shtatining San Xose shahrida 30 iyul - 5 avgust kunlari ayollar o‘rtasida "Mubadala Silicon Valley Classic" turniri o‘tkaziladi.
Unda belaruslik Viktoriya Azarenko ishtirok etishi haqidagi xabarni tasdiqladi. Shuningdek, ushbu musobaqada Vikadan tashqari rossiyalik Mariya Sharapova hamda amerikalik Serena Uilyams ham ishtirok etishi mumkinligini aytgan.
Biroq Mariya va Serenaning ishtiroki "Mubadala Silicon Valley Classic" turniri boshlanishiga bir necha kun qolganda aniq bo‘ladi.

Fikrlar