
Bellingem Angliya terma jamoasi lagerini tark etdi
"Real" a’zosi Jud Bellingem Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgandi. Ammo futbolchi Madridga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda "sherlar" ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi jarohatdan to‘liq tuzalmagan va Ispaniyaga qaytib, davolanishi kerak bo‘lgan. Bellingem "Braga"ga qarshi o‘yin oldidan safdan chiqqandi. U FIFA kunlaridan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.
Bellingemdan tashqari "Chelsi" himoyachisi Levi Koluill ham jarohat sabab terma jamoa lagerini tark etgan.
Fikrlar