Bugun 7 nafar dzyudochimiz Boku "Katta Dubulg‘a" turnirida o‘z ishtirokini boshlaydi!

BEPUL PROPAN

Birozdan so‘ng, Boku "Katta Dubulg‘a" turniri start oladi. Reglamentga ko‘ra, dastlabki kungi bahslarni engil vazn toifasidagi sportchilar boshlab berishadi. Quyida bugun tatamiga chiqadigan hamyurtimiz va ularning dastlabki raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:

-60 kg: Doston Ro‘ziev – Aybek Omirov (Turkmaniston)

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov –Tornike Syakadoe (Niderlandiya)

-66 kg: Abdurahim Nutfulloev – Kubanichbek Aybek ulu (Qirg‘iziston)

-48 kg: Halima Qurbonova – Marina Vorobyova (Neytral sportchi) / Konul Alieva (Ozarbayjon)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Paulina Martinez (Meksika) / Kseniya Danilovich (Neytral sportchi)

-57 kg: Shukurjon Aminova – Eteri Lipertaliani (Gruziya)

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Sara-Leoni Sizik (Fransiya) / Janar Joldosheva (Qirg‘iziston)

Ma’lumot uchun bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi.


O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!