Marrey bosh sovrin va million dollardan ziyod pulga ega bo‘ldi

  • 21 noyabr, 2016, 10:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Buyuk Britaniyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasining - ATR yakuniy chempionati mezbon tennischi Endi Marrey g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 7500000 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli musobaqaning finalida dunyoning eng kuchli ikki tennischi Endi Marrey va serbiyalik Novak Jokovich o‘zaro kuch sinashdi. 

O‘yin to‘laligicha britaniyalik tennischi ustunligida o‘tdi va Marrey 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. 

Shu tariqa Endi Marrey bosh sovrinni, 900 reyting ochkosini va 1130000 AQSh dollarini qo‘lga kiritdi va mavsumni tennis qiroli maqomida yakunlaydigan bo‘ldi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!