Mbappe PSJning 3000-golini kiritdi

  • 12 mart, 2023, 11:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mbappe "Brest"ga qarshi bahsda PSJning Frantsiya chempionatidagi 3000-goliga mualliflik qildi.

Tecno

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining Fransiya oliy divizionidagi 3000-golini urdi. Bu haqda "Opta" futbol statistikasi portali xabar bermoqda.

Parij grandi  3000 ta gol marrasini zabt etgan 12-frantsuz klubiga aylandi. Buning uchun parijliklarga 1858 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.

Bundan tashqari kecha Liga 1 gigantining yana bir hujumchisi Lionel Messi klub karerasidagi 300-golli pasini bergandi. Aynan Leoning uzatmasidan so‘ng Mbappe bu natijani qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe "Brest" ga qarshi mehmondagi uchrashuv doirasida  parijliklarning hal qiluvchi golini kiritdi, o‘yin 2:1 taqdirin hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!