"Milan derbisi"dagi eng yaxshi 5 to‘purar

  • 20 noyabr, 2016, 20:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

21 noyabr kuni Italiya chempionatining 13-turining markaziy o‘yinida "Milan" va "Inter" jamoalari to‘qnash kelishadi.

Tecno

Shu bois, biz sizning hukmingizga mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan 5 futbolchi haqida ma’lumot berib o‘tishni joiz deb topdik.

5. Enriko Kandiani - 10 gol
Kandiani 1937-1946 yillarda "Inter" tarkibida 71 ta gol urgan bo‘lsa, 1949-1950 yillarda "Milan" uchun 8 ta golga mualliflik qilgan. U "Milan derbisi"da har ikki jamoa libosida umumiy hisobda 10 ta golga mualliflik qilgan.

4. Ishtvan Niers - 11 gol
Niers "Inter" jamoasi uchun 1948-1954 yillar mobaynida A ceriyada 133 ta gol urgan. Ishtvan ana shu gollarning 11 tasini "neradzurri"larning ashaddiy raqibi hisoblanadigan "Milan" darvozasiga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!