Muhammad Saloh 99 foiz shu jamoaga o‘tadi!

  • 21 yanvar, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Salohning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida o‘zaro kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Tecno

So‘nggi paytda misrlik hujumchi Saudiya Arabistoniga ketishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Unga moliyaviy jihatdan baquvvat bir necha klub og‘iz solyapti. Saudiyalik sport eksperti Xolid Ash-Shenayf “Liverpul” etakchilari Muhammad Saloh va Virjil van Deyk qaysi jamoaga o‘tishi haqida xabar berdi.

- Muhammad Saloh 99 foizga “Al-Hilol” o‘yinchisi. Virjil van Deyk ham shunga juda yaqin. Hammasi kelishib bo‘lindi, endi o‘yinchilar shartnomani rasman imzolashi qoldi xolos. Bu transferlar yozda – jahon chempionati oldidan amalga oshiriladi, - dedi Xolid Ash-Shenayf.

“Al-Hilol” keyingi yillarda Saudiya Arabistonining eng qudratli jamoalaridan biriga aylangan. Bu jamoa Neymardan voz kechmoqchi va uning o‘rniga boshqa mashhur yulduzlarni olib kelishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!