
Sem Alvi: "Xabib yaxshi rekordga ega bo‘lish uchun atayin zaif raqiblarga qarshi kurashgan"
Aralash kurashlarning sobiq jangchisi Sem Alvi MMA yulduzi Xabib Nurmagomedovni tanqid qildi.
“Xabibni tarixdagi eng yaxshi jangchilardan biri, deb atashadi. U faoliyati davomida biror marta mag‘lub bo‘lmagan - 29 ta bahsning barchasida g‘alaba qozongan. U Jastin Getji, Dastin Pore va boshqa kuchli jangchilarni engan. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Faoliyatining boshida Xabib yaxshi rekordga ega bo‘lish uchun atayin zaif raqiblarga qarshi kurashgan" - dedi Alvi "Crain & Company" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedovning so‘nggi jangida amerikalik Jastin Getjini ikkinchi raundda sabmishn orqali taslim etgandi.
Fikrlar