Volkov vs Dos Santos: Oleynik kim g‘olib bo‘lishini aytdi.
Ukrainalik og‘ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Aleksey Oleynik rossiyalik Aleksandr Volkov hamda braziliyalik Junior Dos Santos o‘rtasidagi jang avvalida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.
"Men ikkalasini ham juda xurmat qilaman. Santos bilan yaqin do‘stmiz. U ajoyib yigit, quvnoq va boshqa yaxshi hislatlarga ham ega. Lekin Sashaning imkoniyati yuqoriroq nazarimda. Chunki u yosh va qo‘l-oyoqlari uzun, uzoq masofada o‘zini yaxshi his qiladi", - deya o‘z instagramidagi jonli efirda yozib qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz: Dos Santos hamda Volkov o‘rtasidagi jang UFC ning 9 noyabr kuni Moskvada tashkil etiladigan turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar