
“Yuventus” katta yo‘qotish arafasida turibdi
“Yuventus” rahbariyati asosiy o‘yinchilardan hisoblangan Federiko Kezani yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Bunga o‘ziga yarasha sabablar bor.
Birinchi navbatda, Federiko Keza “Yuventus” loyihasi muvaffaqiyatli ekaniga ishonmayapti. Bundan tashqari, uning bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan munosabatlari yaxshi emas.
Keza mavsum davomida jarohati tufayli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Biroq maydonga tushgan uchrashuvlarda jamoaning asosiy figurasiga aylana oladi.
Allegri uni hujum chizig‘ida doimiy o‘ynatmayotgani va pozitsiyasini ko‘p o‘zgartirayotgani Kezaga yoqmayapti.
Shuningdek, masalaning asosiy qismi moliyaviy talablarga tegishli. Klub xo‘jayinlari Federiko bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, maoshni hozir berilayotgan 5,5 million evrodan oshirmoqchi emas.
Agar tomonlar tez orada kelishuvga erishmasa, futbolchi yozda transferga qo‘yiladi. Chunki Kezaning amaldagi bitimi bir yildan keyin tugaydi. Yozda sotib yuborilmasa, qimmatbaho yulduz bepul ketib qolishi mumkin.
Fikrlar