Sampaoli Argentina termasini boshqarishi mumkin
Ispaniya “Sevilya” klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Argentina futbol federatsiyasi 56 yoshli mutaxassis bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sampaoli Chili termasini ham boshqargan va 2015 yilda Amerika kubogida zafar quchgan edi.



Fikrlar