100 ta gol urgan futbolchi “Liverpul”dan ketganidan afsusda

  • 19 dekabr, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgan Rahim Sterling yaqinda Angliya premer-ligasidagi 100-golini urdi.

Tecno

Hujumkor futbolchi jurnalistlar bilan suhbatda hayotida bir marta katta xato qilganini tan oldi.

- Futbolchilik faoliyati juda qisqa va sen nima qilishing kerakligini aniq bilishing kerak. Ba’zan qabul qilgan xatolaring xato bo‘lib chiqadi.  Ba’zan o‘zgarishlar yaxshilikka bo‘ladi.

Faoliyatimdagi afsuslanadigan yagona qadamim – “Liverpul”dan ketish bo‘lgan. Qolgan hammasi yaxshi edi.

O‘sha paytda mening maqsadlarim klubniki bilan to‘g‘ri kelmay qolgan. “Liverpul”dan ketganimdan hozir ham afsusdaman. Klub faoliyatimda va hayotimda muhim rol o‘ynagan. Doim “Liverpul”ga alohida mehr bilan qarayman, - dedi Sterling.

Sterling 2012-2015 yillar davomida “Liverpul” safida 95 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan. Keyin “Manchester Siti”ga o‘tib, hamon “shaharliklar” sharafini himoya qilmoqda. Gvardiola jamoasida Rahim 209 ta o‘yinda 82 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kankret bola
19/12/2021 23:04
To'ri o'sha payt Liverpool pul borsida va oldinga katta maqsad qo'ygan jamoa emas edi va Sterling SOQQANI bosib APL da chempion bo'lishi tanladi va ketish uchun xamma xarakatni qildi. Keyin esa voqela umuman bishqa tarafga rivojlandi va CHEMPIONLIK TITULLAR ... daxshat kamandayam zo'r
Endi xammasi o'tgandan keyin STERLIN JANOBLARI to'ydan keyin ....
Umuman keregi yo'q o'yinchi LIVERPOLL ga