
16 yoshli futbolchi "Everton" rekordini yangiladi
"Everton" himoyachisi Terri Smoll Angliya Kubogi to‘rtinchi bosqichida "Sheffild Uensdey" (3:0) bilan bahsda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Kecha oqshomda 16 yosh va 176 kunli bo‘lgan angliyalik futbolchi mersisaydliklar safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, Smoll 2008-yilda hujumchi Jozi Bakster o‘rnatgan rekordni yangiladi. O‘shanda 28 yoshli forvard "Blekbern"ga qarshi (16 yosh va 191 kun) o‘yinda "Everton"ning eng yosh futbolchisiga aylangan edi.
Fikrlar