17 yoshli Yamal La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi!

  • 4 oktabr, 2024, 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yosh iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal Ispaniya La Ligasida o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

17 yoshli futbolchi ushbu sovrin uchun "Real" hujumchisi Kilian Mbappe, "Atletik" vingeri Inyaki Uilyams va "Betis" yarim himoyachisi Jovanni lo Chelso bilan raqobatda g‘alaba qozondi. O‘tgan oy Yamal "Barsa" safida uchta o‘yinda raqib darvozasiga uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya chempionatining o‘tgan sakkiz turi yakunlariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Klub hisobida ettita g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. 18 ochko jamg‘argan “Real” 2-o‘rinni egallab turibdi. “Barselona” La Liganiing 9-turida safarda “Alaves”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!