2 nafar andijonlik karatechi Osiyo chempionati sovrindoriga aylandi
Xabaringiz bor o‘tgan hafta poytaxtimiz Toshkent shahrida karate (WKF) bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining bir qator sportchilari ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, ular orasida -55 kg vazn toifasida kurash olib borgan Javohir Abdusattorov hamda +68 kg vazn toifasida kurash olib borgan Mohlaroyim Hakimjonovalar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi va kelgusi yil Tokioda bo‘ladigan olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishdi.

Fikrlar