
2 yildan beri ishsiz yurgan Allegri dunyoning eng mashhur klublaridan birini boshqarishi mumkin
Xabaringiz bor, o‘tgan oy Yoaxim Lyov yozda bo‘ladigan “Evro-2020”dan so‘ng Germaniya terma jamoasidan iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Mamlakat futbol ittifoqi esa hozirda uning o‘rniga munosib nomzodlarni qidirish ishlrarini faol olib bormoqda.
Hozirda ushbu lavozimga “Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik nomzodi asosiy bo‘lib turibdi. Agar u terma jamoani tanlasa, myunxenliklar o‘zlariga yangi bosh murabbiy topishlariga to‘g‘ri keladi.
“Bavariya” rahbariyati bu borada “RB Leyptsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann nomzodini ilgari surmoqda. Ammo italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “Yuventus”dan iste’foga chiqqach, ishsiz yurgan Massimiliano Allegrining ismi ham ham “Bavariya”ning short-listida bor.
53 yoshli italiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Kalyari”, “Milan”, “Yuventus” kabi jamoalarni boshqargan.
Fikrlar