21 yoshli rossiyalik futbolchi uchun Evropaning 3 ta grandi kurash boshladi

  • 26 noyabr, 2019, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi forvardi Fyodor Chalov Evropa grandlarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli rossiyalik futbolchini "Sevilya", "Chelsi" va "Liverpul" kabi jamoalar o‘z safida ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Chalovga "Everton" va "Kristal Pelas" klublari ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Chalov joriy mavsum TsSKA safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!