
3 karra jahon chempioni bo‘lgan futbolchilarimizni eslaysizmi? (FOTO)
1988 yilning oktyabrida amerikalik Bill Berri Afg‘onistondagi janglardan qaytib kelgan yigitlarni o‘zining “Nogironlar uchun futbol” dasturi bilan tanishtirish maqsadida Toshkentga keldi. U o‘zi bilan 22 juft qo‘ltiq tayoq ham olib kelgandi.
Shundan so‘ng amputant futbolchilardan iborat “Matonat” jamoasiga asos solindi. Keyinchalik ushbu jamoa negizida O‘zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi shakllantirildi.
O‘tgan davr mobaynida ushbu futbolchilar ko‘plab xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi. Jumladan, 2007, 2010 va 2012 yillarda jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi.
Quyida ushbu matonatli futbolchilarimizning yorqin lahzalari aks etgan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar