
3 nokdaun qayd etgan Shahram G‘iyosovning jangi yakunlandi (video)
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasiga (66,6 kg) o‘tgan bokschimiz Shahram G‘iyosov Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida meksikalik Kristian Gomesga qarshi IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi. 10 raund etib belgilangan bahs to‘liq davom etdi va unda G‘iyosov ochkolar bo‘yicha (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.
Fikrlar